Koreya Respublikasi Prezidenti janob Mun Chje Inning 2019-yil aprel oyida Oʻzbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlari boʻyicha tashkil etilgan guruhlarga Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vazirining yangi tayinlangan oʻrinbosari Na Sing Shik hamda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari L.Kudratov hamraislik qildi.
Pandemiya va jahon inqirozining har ikki mamlakat iqtisodiyotlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar kun tartibida muhim oʻrin egalladi. Sogʻliqni saqlash va farmatsevtika, taʼlim, AKT yoʻnalishi, sanoatni raqamlashtirish, suv taʼminoti, elektromobillar va qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish sohalarida yirik qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirishda kechikishlar xavfini kamaytirish uchun yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish mexanizmlari muhokama qilindi.
Tomonlar Koreya biznesining Oʻzbekistonda ishlashga qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beruvchi investitsiyaviy hamkorlik dinamikasini yuqori baholadilar. Umumiy qiymati qariyb 3,4 milliard dollarga teng boʻlgan oldindan kelishilgan yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha saʼy-harakatlarni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Oʻzaro savdo hajmining ham oʻsishi qayd etildi. Jumladan, joriy yilning birinchi yarmida Oʻzbekistondan Koreyaga eksport qilingan mahalliy mahsulotlar hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 17 foizga oshdi.
Tomonlar Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining Koreya bozoriga chiqishini kengaytirish boʻyicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasida Erkin savdo toʻgʻrisida bitimni tuzish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, Koreya tomoni JSTga aʼzo boʻlish jarayonida Oʻzbekistonga yordam berishda davom etishi maʼlum qilindi.
Muzokaralar yakunida qoʻshma loyihalar va dasturlar ijrosini jadallashtirish boʻyicha navbatdagi tadbirlarni muhokama qilish maqsadida har chorakda maslahatlashuvlar oʻtkazish amaliyotini davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Oʻzbekiston — Koreya Hukumatlararo ishchi guruhining 5-yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Oliy va yuqori darajadagi ikki tomonlama tadbirlar davomida Koreya Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini taʼminlash boʻyicha Hukumatlararo ishchi guruhining 5-yigʻilishi videokonferensiya shaklida oʻtkazildi.
Neft-gaz tarmogʻidagi ishlar koʻrib chiqildi
- Moliya va raqamli texnologiyalar sohasidagi yangi tashabbuslar taqdimot qilindi
- Toshkent viloyatida 1-apreldan chiqindi tariflari oshiriladi
- NASA Oyda doimiy baza qurilishini e’lon qildi
- Ucell — 30-yillik ishonch va 11 million hikoya
- IIV tizimida bir guruh ayol xodimalar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi
2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
- Transport sohasidagi loyihalarning borishi koʻrib chiqildi
- Yangi Oʻzbekistonni ayollari baxtli-saodatli yashaydigan mamlakatga aylantirish – eng ulugʻ maqsad
- O‘zbekiston yil boshida asosan qaysi davlatlar bilan savdo qildi?
- Kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari koʻrib chiqildi
- Hayit namozining Oʻzbekiston boʻylab oʻqilishi vaqtlari eʼlon qilindi