Ahamiyatlisi, konferensiyada mamlakatimizda mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar alohida eʼtirof etilib, Oʻzbekiston 2027-yil uchun moʻljallangan Jahon antidoping kodeksi talablariga milliy qonunchiligini toʻliq moslashtirgan dunyodagi birinchi va hozircha yagona davlat sifatida qayd etildi.
Tadbirda WADA prezidenti Vitold Banka joriy yilning yanvar oyida yurtimizda antidoping boʻyicha xalqaro tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilgani, Oʻzbekistonning fevral-mart oylarida oʻtkazilgan muvofiqlik (compliance) baholashidan muvaffaqiyatli oʻtganini qoʻshimcha qildi.
Konferensiyada Adham Ilhomovich Oʻzbekistonda antidoping siyosatini takomillashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish hamda sportda halollik tamoyillarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida taqdimot qildi.