Sport vaziri Adham Ikramov va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov "FC Barcelona" klubi vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda O'zbekistonda bolalar futbolini rivojlantirish, zamonaviy metodologiyani joriy etish va iqtidorli yoshlarni saralash maqsadida ushbu xalqaro akademiyani ochish masalasi muhokama qilindi.
Yakunda tomonlar loyihani O‘zbekistonda amalga oshirish imkoniyatlarini birgalikda o‘rganish va hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.