Yurtdoshimizning murojaati va yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda, diplomatlar uning noqonuniy ravishda olib qo‘yilgan O‘zbekiston fuqarosi pasportini o‘ziga qaytarib olishiga yordam berdi. Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda Olmaota – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta xarid qilindi.
Bundan tashqari, Qozog‘istonning vakolatli huquqni muhofaza qilish va migratsiya organlari bilan hamkorlikda G.T.ning belgilangan tartibda mamlakat hududidan qonuniy chiqib ketishi ta’minlandi.
Bosh konsulxona xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga tezkor konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirmoqda.