Bu haqida Raqobat qoʻmitasi maʼlum qildi.
Keltirilishicha, tumanda faoliyat yuritayotgan 12 ta shoxobchadan 11 tasi joriy yil 5 yanvardan boshlab 1 kub metr siqilgan gaz narxini bir vaqtning oʻzida oʻrtacha 300 soʻmga oshirgan. Bu holat qoʻshni tumanlardagi narxlar bilan taqqoslanganda ham asossiz ekani tasdiqlangan.
Ushbu shoxobchalar 8 ta MCHJ tasarrufida boʻlib, ular tomonidan raqobatga qarshi muvofiqlashtirilgan harakatlar sodir etilgani qayd etildi.
Hududiy boshqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan mazkur holat yuzasidan ish qoʻzgʻatilib, qonun talablariga muvofiq moliyaviy jarima qoʻllash boʻyicha qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilishlarni bartaraf etish va bunday holatlarning oldini olish boʻyicha majburiy koʻrsatmalar berildi.