Bu Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligi tahlilida qayd etilgan.
Tahlil pedagog.uzedu.uz bazasi maʼlumotlariga asoslangan. Unga köra, sertifikat olganlarning 70,2 foizi (12 693 nafar) ötiş meʼyoriga yaqin bölgan 56–70 ball oraliğida joylaşgan. 72–85 ball töplaganlar 4 778 nafarni (26,4 foiz), 86 va undan yuqori ball olganlar esa atigi 608 nafarni (3,4 foiz) taşkil etgan. Bu barça iştirokçilarning 1,3 foizidir.
Ötiş körsatkiçi yillar kesimida bir tekis bölmagan. 2024-yilda iştirokçilarning 44,3 foizi, 2025-yilda 29,7 foizi, 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida esa 44,1 foizi sertifikat olgan. 2025-yilda iştirokçilar soni 21 505 nafarga yetib, 2024-yilga nisbatan 38,4 foizga oşgan, lekin ötiş uluşi 14,6 foiz bandga kamaygan.
Tahlil mualliflari buni oldingi yili öta olmaganlarning takroriy sinovga jalb etilişi, 2025-yil iyul–avgust oylaridagi yirik navbatdan taşqari sinov (unda 11 956 nafar pedagog sertifikat ololmagan) va sinov materiallari qiyinligining özgarişi bilan izohlaydi. Oxirgi farazni psixometrik tahlil orqali tekşiriş lozimligi taʼkidlangan.
Uç yil davomida ötiş uluşi deyarli özgarmagan: 2024-yildagi 44,3 foizdan 2026-yilda 44,1 foizga, yaʼni 0,2 foiz bandga pasaygan. Sertifikat ololmaganlarning örtaça bali ham barqaror bölib, 39,9 dan 42,2 ballgaça oraliqda saqlangan.
Tahlilda 37,7 foizlik körsatkiçni bevosita xorijiy mamlakatlar bilan taqqoslaş töğri emasligi qayd etilgan. Çunki AQŞ, Finlyandiya va Janubiy Koreyada öxşaş imtihonlar turli vazifalarni bajaradi: masalan, Finlyandiyada u pedagogik taʼlimga kiriş imtihoni, Janubiy Koreyada esa böş iş örinlari uçun tanlov hisoblanadi.
Mualliflarga köra, Özbekistondagi körsatkiç ikki xil talqinga imkon beradi: yoki sinov materiallari amaldagi tayyorgarlik darajasidan ança murakkab, yoki pedagog kadrlar tayyorlaşda tizimli muammo mavjud.