“O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati chiptalar savdosi ochiq va amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshirilishini ma’lum qildi. Chiptalarni rasmiy veb-saytlar, mobil ilovalar va temir yo‘l chipta kassalari orqali xarid qilish mumkin, savdolar esa sayohat sanasidan 60 kun oldin ochiladi.

Kompaniya bayram va dam olish kunlarida yo‘lovchilar oqimi sezilarli darajada oshishini, natijada ayrim yo‘nalishlarda chiptalar tez sotilib ketishini tushuntirdi. Shu bois, yo‘lovchilarga sayohatlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida qo‘shimcha poyezdlarni ishga tushirish va yangi shahar atrofi yo‘nalishlarini qo‘shish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.