O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkman xalqining milliy etakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga uning onasi vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
"Mehribon va aziz volidai muhtaramangiz - Ogulabat Berdimuhamedovaning olamdan o'tgani haqidagi xabar qalblarimizni chuqur qayg'u va iztirobga soldi. Ogulabat edje o'zining ibratli hayot yo'li, chinakam mehnatsevarligi, odamlarga mehr-oqibati va kamtarligi bilan elu yurtingizning ulkan mehru muhabbatiga sazovor bo'lgan mo''tabar inson edi.
Oilangiz uchun katta yo'qotish bo'lgan ushbu musibatli onlarda Siz, Janobi Oliylariga va barcha yaqinlaringizga, qardosh va do'st Turkmaniston xalqiga hamdardlik tuyg'ularimizni izhor etamiz", - deyiladi maktubda.
Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ham ta'ziya yo'lladi.
Prezidenti Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedovga hamdardlik bildirdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkman xalqining milliy etakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga uning onasi vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Suvdan qarzdor bölganlar elektr uçun ham tölov qila olmay qolişi mumkin
- Google Özbekistondagi islohotlarni yuqori baholadi: Google Pay işga tuşişi bunga misol böldi
- Havo ifloslanganda qanday tibbiy tavsiyalarga amal qiliş kerak?
- Namanganda elektr tarmoqlari xodimlari pora bilan uşlandi
- Özbekiston Birinçi xonimi Turkiy davlatlar taşkiloti Oila va xotin-qizlar kengaşining birinçi yiğilişida iştirok etdi
- Mirvohid Azimov Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi etib tayinlandi