Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasining ma'lum qilishicha, zavod hududida qurilish va boshqa turdagi chiqindilar noqonuniy joylashtirilgan. Buning natijasida atrof-tabiiiy muhitga salbiy ta'sir ko'rsatilayotgani ma'lum bo'ldi.

Shuningdek, chiqindilarni joylashtirishdan hosil bo'layotgan chang zarralari atmosfera havosiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgani, zararli gazlarni yoqish jarayonida esa oltingugurt, uglerod hamda azot oksidlari me'yordan ortiq miqdorda atmosfera havosiga chiqarilayotgani qayd etildi.

Bundan tashqari, ishlab chiqarish jarayonida gazni tozalashdan hosil bo'lgan oqova suvlar neft mahsulotlari bilan aralash holda ochiq maydonlarga tashlanayotgani aniqlangan.

Holat yuzasidan korxonaga nisbatan 10 milliard 834 million so'm miqdorida qo'shimcha kompensatsiya belgilanib, bajarilishi majburiy bo'lgan 7 banddan iborat ko'rsatmalar berildi.

To'plangan hujjatlar esa sudga yuborilgan.