Bu haqda Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, hodisa “Osor” konida yuz bergan, oqibatda voqea joyiga 12 nafar qutqaruvchi yuborilgan.

Kon qutqaruvchilari jabrlanganlarni 240 metr chuqurlikdan topib, ularni yer yuzasiga olib chiqishgan. Ular tibbiyot xodimlariga topshirilganda, konchilarda hech qanday hayot alomatlari kuzatilmagan.

Hodisa holatlari tekshirilmoqda, deb xabar berdi report.az.