Oʻzbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etib, unda muhim tashabbuslarni ilgari surdi, tashkilot doirasida amaliy hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlarini koʻrsatib oʻtdi.

Shuningdek, Prezidentimiz Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev hamrohligida Oʻzbekiston tomonidan barpo etilgan masjidni borib koʻrdi hamda delegatsiyalar rahbarlari bilan birgalikda Turkistonning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.

Sammit doirasida Oʻzbekiston rahbari Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan va Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.