Bu fevral oyining boshidan beri birinchi shunday chaqnash, deb xabar berdi Amaliy geofizika instituti (Rossiya Federatsiyasi).

“30-mart kuni Moskva vaqti bilan soat 6:19 da rentgen diapazonidagi 4405 (S25E45) quyosh dog‘lari guruhida 49 daqiqa davom etgan X1.5 chaqnash qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Oxirgi marta qayd etilgan X sinfidagi chaqnash 4 fevral kuni (X4.2) 4366 faol mintaqada bo‘lib, oqibatda M va X sinfidagi quyosh chaqnashlari soni bo‘yicha XXI asr rekordini yangilagandi, deb xabar berdi tass.ru.