Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Bir manzil, bir telefon — bitta tender” – deb nomlangan tanqidiy maqola yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi buyurtmachiligida 2026-yil 27-iyul kuni markazlashgan tadbirlarni o‘tkazib berish xizmati bo‘yicha boshlang‘ich narxi 587,2 mln. so‘m bo‘lgan tanlash savdosida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Olib borilgan o‘rganish natijasida, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlandi.

Yuqoridagilarga muvofiq, Raqobat qo‘mitasining qonunchilik talablariga amal qilish yuzasidan yuborgan so‘roviga asosan Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tanlash savdosi belgilangan tartibda bekor qilindi.