Respublikadagi nodavlat oliygohlarga talabalar o‘qishini ko‘chirish (boshqa sabablarga ko‘ra ham) shuningdek, bir nodavlat oliygohi doirasida o‘qishni ko‘chirish hamda o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddati 10 avgustga qadar uzaytirildi.
Respublikadagi davlat va nodavlat oliygohlaridan o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash transfer.edu.uz platformasi orqali;
Xorijiy oliygohlardan o‘qishni ko‘chirish my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
2026/2027 o‘quv yili uchun arizalar 2026-yil 10-avgustga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.