Qayd etilishicha, uchrashuv samimiy va doʻstona ruhda oʻtgan.

Suhbat davomida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi strategik sheriklikning yangi bosqichga koʻtarilgani hamda savdo, iqtisodiyot, investitsiya va madaniy aloqalar kabi ustuvor yoʻnalishlardagi munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, global masalalar boʻyicha umumiy qarashlarni shakllantirishga alohida toʻxtalib oʻtilgan. Saida Mirziyoyeva Van Iga suhbat uchun minnatdorlik bildirdi.