Ma’lum qilinishicha, go‘dak bir nechta tug‘ma nuqsonlar bilan tug‘ilgan bo‘lib, shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan operatsiya davomida qo‘shimcha ikki oyoq jarrohlik yo‘li bilan olib tashlandi.

Mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan amaliyot muvaffaqiyatli yakunlangan. Hozirda chaqaloq shifokorlar nazorati ostida bo‘lib, uning sog‘ligini tiklash maqsadida yana bir nechta jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Markaz kardiojarrohi Niso Turdiyevaning ta’kidlashicha, bunday holatlarga qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar, ota-onalarning sog‘lom turmush tarziga amal qilmasligi hamda homiladorlik davrida skrining tekshiruvlaridan o‘z vaqtida o‘tmaslik sabab bo‘lishi mumkin.

— Keyingi yillarda homilador ayollarni skrining tekshiruvlariga qamrab olish ko‘rsatkichlari oshgan bo‘lsa-da, ayrim holatlarda tekshiruv natijalariga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Natijada tug‘ma nuqsonlar bilan bog‘liq holatlar hamon uchrab turibdi, — dedi mutaxassis.

Shifokorlarning qayd etishicha, to‘rt oyoq bilan tug‘ilish jahon tibbiyoti amaliyotida juda kam uchraydigan holatlardan biri hisoblanadi.