Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2026 yilning 1-choragida respublika bo‘yicha jami 174 ta holat ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 168 nafari 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Shu munosabat bilan aholi, ayniqsa bolalar orasida kasallik tarqalishining oldini olish bo‘yicha qator profilaktik choralar amalga oshirilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, jami 8024 doza vaktsina xarid qilinib, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 4862 nafar fuqaro emlash bilan qamrab olindi. Vaktsina olishga tibbiy moneligi mavjud shaxslarga esa shifokorlar nazorati ostida kimyoviy profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Kasallik dinamikasiga ko‘ra, aprel oyida mart oyiga nisbatan holatlar 14 foizga kamaygani kuzatilgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, meningit — bosh va orqa miya pardalari yallig‘lanishi bo‘lib, tez rivojlanishi va og‘ir asoratlar keltirib chiqarishi bilan xavflidir.
Shu munosabat bilan aholiga quyidagilar tavsiya etiladi:
- o‘z vaqtida emlanish;
- shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish;
- kasallik alomatlari kuzatilganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish;
- jamoat joylarida ehtiyot choralarini ko‘rish;
- “Haj” va “Umra” safarlaridan oldin meningokokk infeksiyasiga qarshi emlanish va safardan so‘ng ommaviy tadbirlarda ishtirokni cheklash.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.