O‘zbekiston mazkur sohaга alohida e’tibor qaratib, zarur infratuzilma, servis, viza va transport, eng muhimi, sayyohlar xavfsizligini ta’minlashга qaratilgan islohotlarni amalga oshirdi. Buning hisobiga o‘n yil ichida O‘zbekistonga xorijiy turistlar oqimi 6 karra oshib, 12 million nafarga yetdi.
Yaqinda Toshkent shahrida ochilgan Markaziy Osiyoning ilm-fan va ma’naviy xazinasi sifatida e’tirof etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda barpo etilgan buyuk alloma Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi yurtimizning yangi durdonalariga aylandi.
Bunday majmualar qo‘shni mamlakatlarda ham bunyod etilmoqda. Shu bois, Prezidentimiz mintaqa davlatlarini birlashtiradigan turistik makon – "Markaziy Osiyo turizm halqasi"ni yaratish tashabbusini ilgari surdi.
Davlatimiz rahbari qo‘shni davlatlar, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa hamkorlarni turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar portfelini shakllantirib, birgalikda moliyalashtirishga chaqirdi.