Endi avtomobil davlat raqami belgisi (nomer) shikastlangan yoki yaroqsiz holga kelgan bo‘lsa, uni almashtirish uchun navbat kutish shart emas.
Ushbu xizmat my.gov.uz portali orqali onlayn shaklda yo‘lga qo‘yildi.
Xizmatdan foydalanish tartibi:
- my.gov.uz portaliga kiring;
- «Shikast etgan avtotransport vositasining davlat raqami belgisini tiklash» xizmatini tanlang;
- Arizani to‘ldiring va shikastlangan raqamning fotosuratni yuklang.
Ariza vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng, to‘lov uchun invoys yuboriladi.
To‘lov amalga oshirilgandan keyin, belgilangan hududiy bo‘linmaga borib, eski raqamni topshirib, yangisini olish mumkin.
To‘lov miqdori:
- 1 juft (oldi va orqa) raqam uchun — 1 854 000 so‘m (4,5 BHM);
- 1 dona raqam uchun — 927 000 so‘m (2,25 BHM).
Eslatma: ariza yuborishda raqam holati aniq ko‘ringan fotosurat yuklash muhim. Bu jarayonni tezlashtiradi va ortiqcha ovoragarchilikning oldini oladi.