Salomatlik va strategik rivojlanish instituti negizida Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi;
Klinik audit inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari;
Kontent mediamarkazi.
Autsorsing asosida quyidagilar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi:
aholi murojaatlari, shikoyatlari, takliflari va e’tirozlarini qabul qilish, ularni tezkor ko‘rib chiqish hamda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirishni ta’minlash maqsadida "Call-markaz";
aholi va tibbiyot xodimlari bilan tizimli muloqotni ta’minlash, tibbiy xizmatlar sifati, ommabopligi va mavjud muammolar yuzasidan tezkor axborot olish hamda tahlil qilish maqsadida qayta aloqa tizimi (Feedback).
2026-yil 1-sentabrdan tibbiyot assotsiatsiyalariga quyidagi vakolatlar beriladi:
tibbiy yordam ko‘rsatishni standartlashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, ularni muhokama qilishda ishtirok etish va qayta ko‘rib chiqish;
cog‘liqni saqlash vazirligi va Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining taklifiga ko‘ra statsionar tibbiyot tashkilotlarining tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini baholashda ishtirok etish;
tibbiyot xodimlarining malakasini baholash, sertifikatlash hamda qayta tayyorlash jarayonlarida mustaqil professional ekspert sifatida ishtirok etish va boshqalar.