"Superkontrakt" masalasida, albatta, fikrim ijobiy emas. Tibbiyotda o'qish osonmas. Mana, hozir nima uchun tibbiy ta'limni to'liq transformatsiya qilyapmiz? Tibbiyot yo'nalishidagi talaba endi ikki bosqichda imtihon topshiradi. Uchinchi kurs tugaganidan keyin fundamental fanlar bo'yicha birinchi imtihonni topshiradi. Ushbu imtihonni o'sha oliy ta'lim muassasasi o'qituvchilari emas, umuman boshqa tashkilot vakillari oladi. Fundamental fanlar imtihonidan o'tgan talaba 4−5−6-kurslarda klinik fanlar bo'yicha o'qitiladi va keyin ikkinchi marta imtihon topshiradi. Talabaning ham fundamental, ham klinik fanlarni to'liq xalqaro darajada egallaganidan keyin ishlashiga ruxsat beriladi", — dedi SSV rahbari.
Vazir "tibbiyot sohasida „superkontrakt“ butunlay yo'qolishi mumkinmi?", degan savoliga quyidagicha javob berdi: "Albatta, buni hukumat belgilab beradi. Biz hukumatga taklifimizni kiritganmiz".
Shuningdek, SSV rahbari "superkontrakt" yo'qoladimi yo'qmi, asosiy e'tiborni OTMlarda ta'lim berish va talabalarning bilimini tekshirishga qaratish kerakligini ta'kidladi.
https://t.me/darakchi/105968
"Gap talabaning o'qishida va bizning filtrimizda. Xohlagan talaba "superkontrakt" kirishi mumkin, butun dunyoda tendentsiya shunaqa. Bilimi bo'lsa, malakasi bo'lsa, kirishi mumkin: u "superkontrakt"ga kiradimi, o'z bilimi bilan kiradimi, eng asosiysi, biz filtrni xalqaro talablar darajasida qilib qo'ysak, o'zi hamma talaba filtrlanadi", — dedi vazir.
Sog'liqni saqlash vaziri: "Tibbiyotda "superkontrakt"ni olib tashlash bo'yicha hukumatga taklif kiritganmiz"
Sog'liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tibbiyot yo'nalishiga o'qishga kirishda ham "superkontrakt" mavjudligiga o'z munosabatini bildirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uchinchi Xalqaro maqom sanʼati anjumanining ochilish marosimidagi nutqi
- Davlatimiz rahbari Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni boʻldi
- 1-iyuldan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi
- Ozish siri parhezda emas: diyetolog sog‘lom vazn tashlashning eng muhim qoidalarini tushuntirdi
- Prezidentimiz “Navbahor” futbol klubining akademiyasida boʻldi
- Namanganni iqtisodiy va infratuzilmaviy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Reuters: Ilon Mask tarixdagi ilk trillionerga aylandi
- Onkologiya xizmati va palliativ yordam tizimi takomillashtiriladi
- To‘rayev Aziz Oppoqovichni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Jaloliddin Masharipov Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi
- Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish choralari koʻrib chiqildi
- Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrib chiqildi