Bosh prokuratura shtabi tomonidan Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida "Sh. M." fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslar elektr ta’minoti shartnomasiz, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 907 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.