Ilhom Tohirovich Sirajev Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim va ilm-fan vazirining komplaens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Obid Arziqulovich Hakimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari hamda oʻrindoshlik asosida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Prezident farmoni bilan Kamoliddin Karamiddinovich Mardonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Yangi tayinlov munosabati bilan u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.