Bugun haftaning juma kuni. navbatdagi “Tamaddun tafakkuri” nomli maxsus qoʻshimcha sahifalar chop etildi. Islom sivilizatsiyasi markazi haqida tahliliy maqolalar, majmuaning asosiy zallaridan biri — “Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari” boʻlimi bilan tanishib, fotosayohat uyushtirishingiz mumkin. Shuningdek, “Bir eksponat tarixi” ruknida nodir eksponatlardan biri — miloddan avvalgi birinchi ming yillikka mansub bugʻu haykaliga oid maʼlumotlar bilan tanishasiz.
Shuningdek, ushbu maxsus sahifalarda
- Jurnalist Sharofiddin Toʻlaganovning “Faxr etarman, ona xalqim, koʻkragimni togʻ qilib”;
- Jurnalist Asliddin Karimqulovning “Bugʻu haykali kuch-qudrat, serhosillik va hayot bardavomligi timsoli” sarlavhali maqolalarning elektron shakli bilan tanishishingiz mumkin.
- Fotojurnalist Hakim Yoʻldoshevning “Milliy oʻzlikning antik ildizlari boʻylab” nomi ostida eksponatlarga foto sayohat uyushtirasiz.