Mamlakatimizda taʼlim va ilm-fan rivojiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor zamirida ham aynan şu hayotiy haqiqat mujassam. Zero, bugun taʼlimga kiritilgan sarmoya ertangi kunning iqtisodiy qudrati, ilmiy kaşfiyotlari va texnologik mustaqilligi uçun mustahkam poydevordir.
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 3-oktyabrdagi farmoni asosida Taʼlim va ilm-fan vazirligi taşkil etilişi esa uşbu strategik siyosatning mantiqiy davomi, taʼlim tizimida sifat jihatidan yangi bosqiçni boşlab beruvçi muhim institutsional islohot böldi. Uning tub mohiyati maktabgaça taʼlimdan tortib, oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlargaça bölgan jarayonlarni yagona maqsad atrofida birlaştiriş, taʼlim, ilm-fan va işlab çiqariş örtasidagi uzviylikni mustahkamlaşdan iborat.
Strategiya: maqsad, harakat va natija
Zamonaviy dunyoda davlatlarning qudrati faqat tabiiy boyliklar hajmi bilan emas, ularni yuqori qöşilgan qiymatga aylantira oladigan bilim va texnologiyalar bilan ham ölçanmoqda. Keça sanoat uçun yaxşi mutaxassis tayyorlaş kifoya qilgan bölsa, bugun işlab çiqarişga yangi yeçim taklif etadigan, energiyani tejaydigan, raqamli tizimlarni boşqaradigan, öz ğoyasini mahsulotga aylantira oladigan muhandis zarur.
Qaşqadaryo bu özgarişning ahamiyatini, ayniqsa, yaqqol his etadigan hudud. Neft-gaz, gaz kimyosi, energetika, quriliş, transport va agrosanoat tarmoqlari rivojlangan mintaqada ilm-fan bilan korxona örtasidagi masofa qança qisqarsa, işlab çiqariş samaradorligi şunça ortadi. Şu maʼnoda Qarşi davlat texnika universitetining transformatsiya strategiyasi bitta oliygohning içki rejasi emas, balki hududning intellektual va texnologik imkoniyatlarini yangi bosqiçga kötarişga qaratilgan taşabbusdir.
Prezidentimizning 2024-yil 10-dekabrdagi qarori asosida törtta oliy taʼlim muassasasi negizida taşkil etilgan universitetimiz oldida murakkab, ammo muhim vazifa turibdi: turli taʼlim va ilmiy anʼanalarni yagona maqsad atrofida birlaştiriş. Bu jarayonda asosiy mezon bitiruvçining raqobatbardoşligi, tadqiqotning iqtisodiy qiymati va jamiyat uçun keltiradigan nafidir. Universitetning 2027-yilga möljallangan rejalariga aynan şu nuqtai nazardan qaraş kerak.
Salohiyatdan samaraga
Oliygoh faoliyatini baholaşda köplab raqamlarni keltiriş mumkin. Biroq ularning har biri taʼlim sifatiga va real hayotga qanday taʼsir qildi degan savolga javob berişi lozim. Sönggi ikki yilda universitetimiz ilmiy salohiyati 42 foizdan 52,1 foizga yetdi. Bu ilmiy darajali pedagoglar uluşi ortib borayotganini anglatadi. Ammo uning haqiqiy qiymati talabalarni tadqiqotga jalb etiş, korxonalar muammosiga ilmiy yondaşiş va yangi işlanmalar yaratişda namoyon böladi.
Iqtisodiyot va işlab çiqariş ehtiyojlaridan kelib çiqib, 26 ta yangi bakalavriat va magistratura yönalişi, 45 ta keçki hamda 13 ta masofaviy taʼlim şakli joriy etildi. Bu, bir tomondan, turli yoş va bandlik holatidagi insonlarga bilim oliş imkonini beradi. Ikkinçi tomondan, taʼlim taklifi mehnat bozori talabiga tezroq moslaşişi uçun şaroit yaratadi. Şunga qaramay, yönalişlarni köpaytirişning özi yetarli emas: ularning mazmuni, laboratoriya bazasi va iş beruvçilar bilan boğliqligi doimiy baholanişi şart.
Taʼlim mazmuni xalqaro standartlarga yaqinlaştirilib, 234 ta fan dasturi dunyoning TOP-300 oliygohlari dasturlariga moslaştirildi, 12 ta maxsus guruhda darslar töliq xorijiy tilda ötiladi. Bunday yangilanişlar talabaning tahlil qiliş, tajriba ötkaziş va muammoni mustaqil hal etiş könikmasini kuçaytiradi.
Dual taʼlim mantiği
Muhandisni faqat auditoriyada tayyorlab bölmaydi. Çunki haqiqiy texnologik jarayon nazariy misollarga qaraganda murakkabroq: unda xavfsizlik, vaqt, resurs, jamoa masʼuliyati va iqtisodiy natija bir vaqtning özida hisobga olinadi. Şu bois, universitet strategiyasida dual taʼlimga markaziy örin berilgan. 10 dan ortiq yirik korxona bilan hamkorlikda “Kasb egasi” dasturi doirasida 635, yoqilği-energetika tizimida esa 435 talaba işlab çiqariş bilan integratsiya qilindi.
Hozirning özida talabalarning yirik iş beruvçilar bilan hamkorlikda amaliyotga jalb etilayotgani bu yönaliş uçun asos yaratgan. Keyingi bosqiçda Germaniya tajribasiga tayanib, öquv vaqtining yarmini universitetdagi nazariy maşğulotlarga, yarmini esa hamkor korxonalardagi amaliy tayyorgarlikka ajratiş rejalaştirilgan. “Uzbekistan GTL”, Şörtan gaz-kimyo majmuasi va Muborak gazni qayta işlaş zavodi kabi korxonalar bu modelda muhim hamkor sifatida körsatilgan.
Rejalaştirilgan blokli öqitiş tizimida talaba bir davr nazariy bilim va texnik tilni örgansa, keyingi davrda bevosita sanoat muhitida işlaydi. Bu usulning afzalligi şundaki, nazariya bilan amaliyot örtasidagi boğlaniş uzviylik kasb etadi.
Yana bir muhim yangilik — korxona mutaxassislarini taʼlim jarayonining tölaqonli iştirokçisiga aylantiriş. Sanoat mentorlarini tayyorlaş va baholaşda ularning uluşini belgilaş közda tutilgan. Bu iş beruvçi masʼuliyatini oşiradi, universitetni esa real kasbiy talablarga yaqinlaştiradi.
Biroq bunday tizim öz-özidan işlab ketmaydi. Korxonadagi öquv vazifalari, mehnat muhofazasi, mentorlar malakasi va baholaş mezonlari aniq bölişi kerak. Aks holda, amaliyot arzon işçi kuçidan foydalanişga aylanib qolişi mumkin. Transformatsiyaning muvaffaqiyati aynan şu sifat kafolatlariga boğliq.
Işlab çiqariş yeçimi
Qarşi davlat texnika universitetining istiqboldagi rejasida sanoat magistraturasi va “Industrial PhD” yondaşuviga eʼtibor qaratilayotgani diqqatga sazovor. Unga köra, magistrlik va doktorlik tadqiqotlari korxonalardagi haqiqiy texnologik muammolar, energiya samaradorligi, gaz-kimyo jarayonlari va raqamli transport yeçimlari bilan boğlanişi nazarda tutilgan. Bu ilmiy izlanişni qoğozdagi natijadan amaliyotda sinovdan ötgan yeçimga aylantiriş imkonini beradi.
Ilmiy salohiyatni “Industrial PhD” tizimi asosida 60 foizga yetkaziş maqsadi belgilangan. Bu marraga yetişda dissertatsiyalar sonidan köra ularning mazmuni, mustaqil ekspertizasi va natijalar joriy etilişi hal qiluvçi bölişi kerak.
Ilmiy faoliyat natijalari raqamlaştiriladi va “Dspace”, dspace.kstu.uz raqamli platformasi işga tuşiriladi, natijada professor-öqituvçilar va doktorantlarning ilmiy maqolalari, patentlari va ixtirolari yagona elektron bazaga jamlanadi.
Oçiq va tartibli ilmiy axborot tadqiqotlar takrorlanişining oldini oladi, hamkor topişni yengillaştiradi, yoş olimlarga ilmiy maktablar faoliyatini köriş imkonini beradi. Natijada universitet faoliyatiga qança tadqiqot ötkazilgani emas, balki qaysi tadqiqot tufayli qanday muammo hal etilgani va ularning samarasiga qarab ham baho beriş mumkin böladi.
Yana bir gap. Akademik audit va 100 foiz modulli tizimga ötiladi. Anʼanaviy, nazariyaga asoslangan öquv rejalari takomillaştiriladi. AQŞning Massaçusets texnologiya instituti tajribasi asosida “Problem-Based Learning” (muammoga yönaltirilgan öqitiş) tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etilmoqda.
Innovatsiyaning iqtisodiy yöli
Ilmiy işlanma qançalik istiqbolli bölmasin, u işlab çiqariş yoki bozorga yetib bormasa, ahamiyatli emas. Şu sababli ilmiy faoliyatda davlat dasturlari doirasida 9,8 milliard sömlik 8 ta yirik ilmiy loyiha hamda sanoat buyurtmasi asosida 6,5 milliard sömlik 10 ta xöjalik şartnomasi bajarildi. Natijada 4 ta yangi spin-off innovatsion korxonasi işga tuşirildi.
Ilm-fanni tijoratlaştiriş va “vençur ekotizimi” yölga qöyiladi. “Qarşi Teç Venture Fund” taşkil etiladi. Universitetning byudjetdan taşqari mablağlari va yirik sanoat hamkorlari kömagida boşlanğiç kapitali 1 milliard söm bölgan ilmiy startaplar va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş fondi tuziladi. Bu fond orqali iqtidorli talabalar va olimlarning loyihalari töğridan töğri moliyalaştiriladi.
Yirik sanoat korxonalaridagi texnologik muammolarning raqamli platformasi yaratiladi. “Uzbekistan GTL”, Şörtan gaz-kimyo majmuasi va Muborak gazni qayta işlaş zavodi kabi yirik işlab çiqariş korxonalarining real texnologik muammolari banki raqamlaştiriladi va olimlar uçun oçiq grant tanlovlari sifatida eʼlon qilinadi. Bu anʼanaviy tartibni özgartiradi. Olim avvalgiday mavzuni, keyin uning qöllaniş sohasini izlamaydi, balki işlab çiqarişdagi aniq ehtiyoj tadqiqotiga buyurtma beradi. Buning natijasida sanoat buyurtmalari asosidagi loyihalar hajmini yiliga 10 milliard sömga yetkaziş imkoni paydo böladi.
Universitetda Muhandislik ilmiy-işlab çiqariş markazi (fab-lab) taşkil etilgani, unda kasbga örgatiş va xizmat körsatiş imkoniyatlari yaratilgani bu jarayon uçun amaliy maydondir.
Markaz tarkibidagi 6 ta sex va 4 ta laboratoriya orqali 148 talaba iş bilan taʼminlanib, 15 dan ortiq yönalişda kasbga örgatiş va 20 ga yaqin xizmat turi körsatilişi yölga qöyildi.
Raqamli sanoat va “yaşil” energetika
Sanoatning kelajagi köproq xomaşyo sarflaşda emas, mavjud resursdan aqlli foydalanişda. Raqamli dasturlar, robotlaştirilgan tizimlar, sunʼiy intellekt va katta maʼlumotlar bugungi muhandislikning yangi iş qurollariga aylanmoqda. Universitetda “Sanoat 4.0” yönalişida milliy muhandislik markazi yaratilişi aynan şu özgarişlarga javob berişga qaratilgan.
Bundan taşqari, loyiha qiymati 9 milliard söm bölgan Tadqiqot va işlanmalar markazi negizida robotlaştirilgan tizimlar, sanoat avtomatikasi va korxonalarning raqamli egizaklarini (Digital Twins) yaratuvçi respublika darajasidagi ilğor markaz şakllantiriladi.
“Sunʼiy intellekt” va “Kiberfizik tizimlar” superlaboratoriyalari yaratiladi. Miqdori 200 ming AQŞ dollari bölgan yangi laboratoriya neft-gaz qidiruvi, seysmik tahlil, viloyatdagi suv va energiya resurslarini “katta maʼlumotlar” (Big Data) va neyrotarmoqlar orqali aqlli boşqariş tizimlarini işlab çiqişga yönaltiriladi.
Vodorod energetikasi va “yaşil” muhandislik ilmiy maktabi taşkil etiladi. Mazkur loyiha doirasida Qaşqadaryoning quyoş va şamol salohiyatidan foydalanib, kelajak yoqilğisi bölgan vodorod energetikasi va muqobil energiya manbalarini tadqiq etuvçi laboratoriya işga tuşiriladi. U 4 milliard sömlik zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.
Masofaviy taʼlim (LMS) platformasini takomillaştiriş orqali mavjud
86 ta bakalavriat taʼlim yönalişi va 71 ta magistratura mutaxassisligining raqamli taʼlim kontenti sunʼiy intellekt va robototexnika modullari bilan boyitiladi.
Universitet hududida energiya tejamkor, çiqindilarni kamaytiradigan va raqamli boşqariladigan “yaşil kampus” şakllantiriş ğoyasi ham şu mantiqning davomidir. Oliygoh öz talabalariga ekologik masʼuliyatni faqat maʼruzada emas, kundalik faoliyatida körsata olsa, taʼlimning taʼsiri yanada kuçayadi.
Til, sifat va işonç
Global mehnat bozorida muhandisning bilimi xalqaro professional muhit bilan muloqot qila oliş qobiliyatiga boğliq. Şuning uçun universitetda xorijiy tillar, qöşma taʼlim va akademik mobillikka eʼtibor kuçaymoqda. Xususan, nemis tili markazi oçilişi, xorijlik professorlar jalb qilinişi va xalqaro dasturlarda iştirok etiş tajribasi keyingi bosqiç uçun muhim asosdir.
“Ikki tilli olim va muhandis” konsepsiyasiga köra, talabalar mutaxassislik boğlagan holda ingliz va nemis tillarini çuqurroq özlaştirişi közda tutilgan. Buning ahamiyati faqat xorijda işlaş imkoniyati bilan çeklanmaydi. Texnik hujjatlarni asl manbada öqiş, xalqaro standartlarni tuşuniş, xorijlik hamkasblar bilan qöşma loyiha yuritiş ham til bilişni talab qiladi.
Xitoyning Tiangong universiteti bilan qöşma taʼlim dasturini yölga qöyiş, xalqaro akkreditatsiyaga tayyorgarlik köriş va dunyoning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlikni kengaytiriş rejalari ham taʼlim sifatini taşqi mezonlar asosida baholaşga yönaltirilgan. Bunday jarayonda diplomning xalqaro tan olinişi muhim, ammo undan ham muhimi bitiruvçining bilimi va könikmasi xalqaro talabga javob berişidir.
Inson, transformatsiya va barqarorlik
Har qanday katta islohotning pirovard natijasi inson hayotida namoyon böladi. Şu bois, universitet strategiyasida faqat laboratoriya, taʼlim dasturi yoki xalqaro reyting emas, talabalarning intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanişiga ham örin berilgani muhim. Kitobxonlikni rağbatlantiriş, sport infratuzilmasini kengaytiriş, mahalla yoşlari uçun zamonaviy kasblarga öqitiş kurslarini taşkil etiş rejalari oliygohning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kengroq talqin etadi.
Talabalar bilan manzilli işlaşni raqamlaştiruvçi “Tyutor axborot tizimi” ularning ehtiyojlarini öz vaqtida aniqlaşga yordam berişi mumkin. Ammo raqamli monitoringning maqsadi faqat maʼlumot yiğiş emas, yoşlarga samarali yordam körsatiş bölişi şart. Xususan, ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, taʼlimda qiyinçilikka duç kelgan talabalar bilan işlaş va kasbga yönaltirişda insonga eʼtibor tamoyili ustuvorligi saqlanib qolişi zarur.
Muhandislik sohalarida xotin-qizlar iştirokini kengaytiriş, ularning startap va kasbiy taşabbuslarini rağbatlantiriş ham alohida ahamiyatga ega. Imkoniyatlar qançalik teng bölsa, mamlakatning intellektual zaxirasi şunçalik töliq işga tuşadi.
Albatta, vazifalar kölami katta. Ularning amalga oşişi moliyaviy resurslar, boşqaruv intizomi, korxonalar bilan haqiqiy hamkorlik va eng muhimi, natijalarni xolis baholaşga boğliq. Har bir yönaliş böyiça aniq muddat, masʼul ijroçi va maqsadli körsatkiçlar ijrosi rejalarni amaliy harakatga aylantiradi.
Şerzod NEʼMATOV,
Qarşi davlat texnika universiteti rektori
Hamkorlik materiali