Qarorga koʻra, 2030-yilga qadar Toshkent davlat agrar universitetini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- Universitetning xalqaro nufuzini oshirish hamda xalqaro reyting tashkilotlarining top-500 talik oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritishga erishish;
- ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishdan olinadigan mablagʻlar hajmini 3 baravarga oshirish;
- xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim dasturlari sonini 4 baravarga oshirish.
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
- agrar oliy taʼlim muassasalarida belgilangan roʻyxatda keltirilgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash tizimi 3-yillik taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi.
Bunda oʻquv jarayonlarida nazariy va amaliy mashgʻulotlar ulushi:
▫️ 1-kursda – 60 foiz nazariy va 40 foiz amaliy;
▫️ 2-kursda – 50 foiz nazariy va 50 foiz amaliy;
▫️ 3-kursda – 30 foiz nazariy va 70 foiz amaliy boʻlishi nazarda tutiladi;
talabalarning amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va sohalarning xususiyatidan kelib chiqib, Universitetning yuqori kurslarida oʻqish nazariy taʼlimdan ajralgan holda 4 oy muddatga uzluksiz dual taʼlim (talabalar amaliyoti) asosida tashkil etiladi.