Davlat xavfsizlik xizmati maʼlum qilishicha, u xizmat ko‘rsatish sohasiga ixtisoslashgan MChJ rahbariga Samarqand viloyatida joylashgan banklardan biri orqali 1 mlrd 250 mln so‘m kredit olib berishni vaʼda qilgan.
Tezkor tadbir DXXXning Toshkent shahar boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar eslatadi: qonundan ustun hech kim yo‘q — mansab va maqom javobgarlikdan ozod etmaydi.