Holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan tekshiruvlar davomida voqea joriy yilning 5 aprel kuni kechqurun, Uchtepa tumanidagi bozor hududida sodir bo‘lgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, shu yerda qorovul bo‘lib ishlovchi ikki nafar fuqaro — 1997 va 1996 yillarda tug‘ilgan shaxslar o‘z transport vositalarida hayvonlar ustiga haydagan.
Mazkur holat bo‘yicha ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi, ya’ni hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish holati bo‘yicha ma’muriy tartibda ish rasmiylashtirildi.
Hozirda yig‘ilgan materiallar tegishli huquqiy baho berish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilgan.