Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan ayol Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi, 2000 yilda tug‘ilgan qizni xorijga olib chiqib, uni jinsiy ekspluatatsiya qilishni rejalashtirgan.
Gumonlanuvchi o‘z maqsadiga erishish uchun jabrlanuvchiga aviachiptа xarid qilib bergan hamda keyinchalik topadigan daromadining yarmisini doimiy ravishda berib borishini talab qilgan.
Tezkor chora-tadbirlar natijasida mazkur shaxs jabrlanuvchi bilan birga Toshkent xalqaro aeroportida Istanbul shahriga uchib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, odam savdosi inson qadri va erkinligiga qarshi qaratilgan og‘ir jinoyatlardan biri hisoblanadi. Ogohlik va hushyorlik bunday holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.