Maʼlum qilinishicha, qidiruvdagi shaxs Misr hududida aniqlanib, qoʻlga olingan. Vakolatli organlar tomonidan ekstraditsiya uchun zarur huquqiy tartib-taomillar yakunlangach, uni Oʻzbekiston tomoniga topshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Qohira va Toshkent shaharları oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnov mavjud emasligi sababli, ekstraditsiya Rossiya Federatsiyasi hududi orqali tranzit tarzda amalga oshirildi. Domodedovo xalqaro aeroporti orqali toʻsiqsiz tranzitni taʼminlashda Rossiya Federatsiyasi Interpol Milliy markaziy byurosi koʻmak koʻrsatdi.

Oʻzbekistonga olib kelingan shaxs milliy qonunchilikka muvofiq jinoyiy javobgarlikka tortilishi uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Qayd etilishicha, mazkur ekstraditsiya Interpol tizimi doirasidagi xalqaro politsiya hamkorligining samaradorligini hamda jinoyat sodir etgan shaxslarning javobgarlikdan qochib qutula olmasligi tamoyili izchil taʼminlanayotganini yana bir bor tasdiqladi.