Maʼlum qilinishiсha, amaldagi tartibga ko‘ra bug‘doy va un mahsulotlari yuqori likvidli va ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar sifatida faqat birja orqali sotilishi lozim.

Shu maqsadda ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash uchun mazkur mahsulotlar aylanmasi doimiy tahlil qilib borilmoqda.

Qo‘mita maʼlumotlariga ko‘ra, davlat resursi hisobidan xarid qilingan bug‘doydan ishlab chiqarilgan un mahsulotlarini birjaga chiqarmaslik yoki etarli hajmda taklif etmaslik holatlari aniqlangan.

Shu asosda 2026 yil 3 aprеldan boshlab belgilangan talablarga rioya etmagan 29 ta korxonaga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi va ular birja savdolaridan chetlashtirildi.

Shuningdek, joriy yilning I choragi yakunlari bo‘yicha 25 ta un ishlab chiqaruvchi korxonaga nisbatan qonunbuzarlik holatlari yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, taʼsir choralarini qo‘llash bo‘yicha qarorlar qabul qilingan.

Qo‘mita taʼkidlashicha, davlat resursi bug‘doyini xarid qilgan korxonalar belgilangan normalar asosida un mahsulotlarini birja orqali sotishi shart. Talablarga rioya etilmagan taqdirda qatʼiy choralar ko‘riladi.

Ayni paytda mazkur sohada monitoring va nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.