Zamonaviy inshootlarning ochilishi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi arafasida institut jamoasi va talaba-yoshlar uchun munosib tuhfa boʻldi.

Ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Raximov, institut rahbariyati, faxriy ustozlar, professor-oʻqituvchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yangi oʻquv binosida talabalarning sifatli taʼlim olishi uchun barcha zarur va zamonaviy sharoitlar yaratilgan.