Tadbirda institut rektori vazifasini bajaruvchi Diyorjon Abdullayev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Umarjon Xo‘jamuratov hamda 2026/2027 o‘quv yili Qabul komissiyasi mas’ul kotibi San’at Xudayberganov ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Ta’kidlanganidek, Urganch davlat pedagogika instituti 2022 yil 21 iyunda Prezidentning 289-sonli qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, bugun o‘zining to‘rt yillik faoliyatini sarhisob qilmoqda.

O‘tgan davr mobaynida institutda ilmiy, o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy hamda moliya-xo‘jalik sohalarida qator yirik loyihalar amalga oshirildi. Ayni paytda oliygohda 9 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda.

Matbuot anjumanida 40 nafardan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari, telejurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida institutning to‘rt yillik faoliyati natijalari, erishilgan yutuqlar, istiqboldagi rejalar hamda 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlariga oid muhim ma’lumotlar jamoatchilikka taqdim etildi.