Bu safar Yaponiya mezbonligida ötayotgan V Paraosiyo öyinlarida özbek delegatsiyasi hamma tösiqlarni yorib ötdi. Sportçilarimiz avvalgi Paraosiyo öyinlarida kuçli uçlikni yakunlab bergan kunçiqar yurt vakillarini ham jiddiy raqib bilan bellaşuvga kirişganligini körsatib qöyd. Ketma-ket 3 kun davomida Çin ölkasi parasportçilaridan söng medallar jamğariş böyiça Özbekiston 2-örinda muqim turdi.
Höş ötgan vaqt davomida özbek delegatsiyasi qanday yöl xaritasini tuzdiki, sportçilarimiz bunday körsatkiçlarga ega böldi? Buning sir-sinoati nimada?
Bu savollar qitʼa sport olami mutaxassislarini ham lol qoldirmoqda.
Buning sirli joyi yöq, aslida. Yurtimizda sportga berilayotgan alohida eʼtibor va Prezidentimizning nogironligi bölgan insonlarning bor imkoniyatlarini töliq namoyon eta olişlari uçun yaratib berayotgan şart-şaroitlari muhim omil bölyapti.
Yaponiya paraosiyo öyinlari özbek paratletlarining yangi jamoasini kaşf etdi kaşf. Bu uning öziga teng raqobatçi — kuçli özbeklar dunyo sahniga çiqayotganini körsatdi.
1-Jahon çempionati rekordi,
7 ta Osiyo öyinlari rekordi
5 ta qitʼa rekordlari aynan özbek paratletlari tomonidan yangilangani buning amaldagi ifodasi.
Jahon рекордини Röza Qöziyeva, (para pauerlifting böyiça 73 kg gaça bölgan vazn toifasi, 152 kg) yangilagan bölsa, Osiyo rekordlarini Madina Muxtorova (yadro uloqtiriş, F40, 9,10 metr; disk uloqtiriş, F40, 25,59 metr), Navröza Ahmadova (yadro uloqtiriş, F41, 10,02 metr; disk uloqtiriş, F41, 30,11 metr), Yegor Bolotov (100 metrga çalqança suziş, S13, 58,43 soniya), Lola Kodirova (50 metrga erkin usulda suziş, S5, 37,88 soniya), Şahina Yiğitaliyeva (nayza uloqtiriş, F46, 44,99 metr) özining kuçli irodasi, matonati bilan örnatdi.
Para Osiyo öyinlari rekordlari Aqidaxon Axtamova (para pauerlifting, 55 kg gaça bölgan vazn toifasi, 128 kg), Mahliyo Akramova (klab uloqtiriş, F32, 24,08 metr), Qudratillohon Maʼrufxöjayev (disk uloqtiriş, F37, 57,39 metr), Doston Qahhorov (400 metrga yuguriş, T36, 54,42 soniya), Boburjon Omonov (yadro uloqtiriş, F41, 13,07 metr), Barotjon Baxtiyorov (yadro uloqtiriş, F36, 15,98 metr), Asila Mirzayorova (uzunlikka sakraş, 5,04 metr) kabi sportçilarning şijoati bilan bizniki böldi.
Bugun Paraosiyo öyinlarining sönggi kuni. Hozirça 45 ta oltin, 48 ta kumuş va 50 ta bronza bilan Xitoy, mezbon Yaponiya jamoasidan keyin 45 mamlakat orasida kuçli uçlikdan joy egallab turibmiz.
Munojat MÖMINOVA,
«Yangi Özbekiston» muxbiri.