Yangi muzey faoliyati mamlakat harbiy tarixi va milliy armiyaning shakllanish bosqichlarini keng jamoatchilikka yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy merosni asrab-avaylashga qaratilgan.
Muzeyning asosiy vazifalari qatorida harbiy tarix va merosni targ‘ib qilish, sohaga oid ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, ko‘rgazmalar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish belgilangan.
Yangi muassasada zamonaviy texnologiyalar keng joriy etilishi rejalashtirilgan. Jumladan, 3
Shuningdek, muzeyda onlayn chipta sotuvi, elektron reyestr, raqamli nusxalar bazasi va onlayn ekskursiya xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.
Ekspozitsiyalar qadimgi davrlardan tortib Yangi O‘zbekiston davrigacha bo‘lgan harbiy tarixni qamrab oladi. Ularda tarixiy voqealar, milliy harbiy meros, maxsus operatsiyalar hamda interaktiv tajriba zonalari o‘rin oladi.
Loyiha aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida milliy g‘urur, tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.