Mamlakatimizda AT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. IT Park rezidentlari uchun joriy etilgan soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalangan holda turk kompaniyalari bilan autsorsing, dasturiy taʼminot va sunʼiy intellekt sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Oʻzbekistonda 33 yildan buyon faoliyat yuritayotgan "Ziraat Bank"ning faoliyati ijobiy baholanib, Turkiyaning boshqa moliya institutlariga ham mamlakatimiz bank sektoridagi islohotlar va xususiylashtirish jarayonlarida faol qatnashish taklif qilindi.