Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Joriy yilning dastlabki uch oyida Oʻzbekiston fuqarolari eng koʻp borgan davlatlar roʻyxatida Qirgʻiz Respublikasi yetakchilik qilmoqda. Ushbu mamlakatga 660 579 nafar yurtdoshlarimiz safar qilgan.
Shuningdek, Qozogʻistonga 284 024 nafar, Tojikistonga 282 040 nafar, Saudiya Arabistoniga 136 060 nafar, Rossiyaga 88 267 nafar, Turkiyaga 52 199 nafar, BAAga 28 125 nafar, Xitoyga 15 844 nafar, Tailandga 13 839 nafar hamda Misrga 12 186 nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda borgan.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 111,6 ming nafarga oshgan.