Ma’lum qilinishicha, mutaxassis terma jamoa hujumchilari tayyorgarligi jarayonida ishtirok etadi va xalqaro darajadagi tajribasini futbolchilarga yetkazadi.

Rolando Byanki oʻz vaqtida Italiya chempionatida gol urish mahorati va jismoniy ustunligi bilan tanilgan hujumchilardan biri boʻlgan. 

Italiyalik mutaxassis faoliyati davomida Atalanta, Kal’yari, Rejina, Latsio, Torino va Bolonya safida toʻp surgan.

Shuningdek, u 2007–2008 yillarda Manchester Siti klubida ham faoliyat yuritgan. Ispaniyada esa Mal’yorka jamoasi sharafini himoya qilgan.