“Sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish” mavzusida oʻtkaziladigan yigʻilish kun tartibidan savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya va ekologiya sohalarida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Yetakchilar raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda sunʼiy intellektni amalda qoʻllashga alohida eʼtibor qaratadilar.