Xitoyning Xunan provinsiyasida sanoat korxonasida yuz bergan fojia oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻldi va jiddiy jarohat oldi.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik soʻzlarini yoʻllab, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.