Turnir 27 apreldan 3 maygacha Bishkek shahrida boʻlib oʻtdi. Unda jamoamiz barcha uchrashuvlarda gʻalaba qozonib, musobaqani magʻlubiyatsiz yakunladi (Qirgʻiziston — 4:2; Hindiston — 15:1; Moʻgʻuliston — 7:2; Indoneziya — 13:0; Qirgʻiziston — 3:2).

Ushbu muvaffaqiyat yorqin natijalar ketma-ketligining mantiqiy davomidir:
— 2023 yilda jamoa ilk bor Moʻgʻulistonda oʻtkazilgan Osiyo va Okeaniya kubogida gʻolib boʻldi;
— 2024 yilda Toshkentdagi uy muzida ushbu natijani takrorladi;
— 2026 yilda esa uchinchi bor chempionlikni qoʻlga kiritib, unvonini himoya qildi.

Shuningdek, 2026 yil mart oyida jamoa xalqaro maydonda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, oʻz divizionida jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi va ikki karra jahon chempioniga aylandi.

Mazkur natija Oʻzbekiston xokkey federatsiyasining terma jamoalarni tayyorlash va mamlakatda xokkeyni rivojlantirish borasidagi boshqaruv hamda tashkiliy ishlarining yuqori darajada ekanini yaqqol koʻrsatadi.