Ötgan yili mamlakatimizda 9 mingta bankomat xarid qilinib, 50 million dollardan ortiq mahsulot import qilingan. Savdo va köngiloçar majmualar, yangi uy-joy massivlarining köpayişi bilan mazkur ehtiyoj yana ortadi.
Şu munosabat bilan bankomatlarga bölgan talabni hisob-kitob qiliş, texnologiya va investorlarni jalb etib, ularni mahalliy işlab çiqarişni yölga qöyiş imkoniyatlarini örganiş vazifasi qöyildi.
Şu kabi imkoniyatlar Toşkent viloyatida energiya batareyalari va elektronika uçun yupqa mis folgasi, Jizzaxda elektromobillar uçun invertorlar va zaryadlaş qurilmalari, Namanganda suv nasoslari uçun energiya tejamkor elektr dvigatellar, Qoraqalpoğistonda serverlar uçun uzluksiz elektr taʼminoti va sovitiş tizimlari işlab çiqariş yönalişlarida ham mavjud.
Yiğilişda Andijonda ofis texnikasi va tayyor kabel töplamlari, Toşkent şahrida serverlar, interaktiv panellar va sensorli datçiklar, Qaşqadaryoda televizorlar uçun elektron platalar kabi yuqori qöşilgan qiymatli elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqariş böyiça loyihalarni yölga qöyiş vazifasi belgilandi.
Davlatimiz rahbari içki bozor talabini qoplaş bilan birga bunday mahsulotlar hisobiga eksport hajmini 5 milliard dollarga yetkaziş imkoniyati borligini qayd etdi.
Prezidentimiz uçraşuvda iştirok etayotgan 10 dan ortiq xorijlik investor va 100 dan ziyod mahalliy tadbirkorlarni yuqori qöşilgan qiymatli yangi loyihalar bilan faol iştirok etişga çaqirdi.