“Dunyo” axborot agentligining xabar berişiça, bu boradagi muzokaralar Vengriyaning Budapeşt şahrida “MOL Group” rahbariyati va “ŞB ROAD INVEST” vakillari örtasida bölib ötdi.

Uçraşuv Özbekiston elçixonasi kömagida sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş va ilğor texnologiyalarni jalb etişga qaratilgan saʼy-harakatlar doirasida taşkil etildi.

RMB texnologiyasi eski avtomobil şinalarini qayta işlaşdan olinadigan rezina uvoqlarini yöl bitumiga qöşimça sifatida işlatişni nazarda tutadi. Bu usul yöl qurilişi materiallarini işlab çiqarişda ikkilamçi xomaşyodan foydalaniş imkonini beradi.

Loyihaga Özbekiston tomonidan hamkor sifatida “ŞB ROAD INVEST” kompaniyasi diplomatlarning saʼy-harakatlari natijasida jalb etildi. Imzolangan memorandumda mazkur texnologiyani Özbekistonda joriy etiş masalalarini kelgusida birgalikda işlab çiqiş közda tutilgan.

Taşabbus amalga oşirilsa, mamlakatda zamonaviy yöl qurilişi materiallarini işlab çiqarişni rivojlantiriş, avtomobil şinalarini qayta işlaş hajmini oşiriş hamda Özbekiston va Vengriya korxonalari örtasidagi texnologik hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qilişi mumkin.

Özbekiston elçixonasi kompaniyalar örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş va erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça amaliy qadamlarni işlab çiqişga kömaklaşişda davom etadi.