Bugungi kunda bu tashabbus shunchaki loyiha emas, balki tizimli ishning bir qismiga aylandi: pilot bosqichda loyiha respublikaning 28 ta hududida (tumanida) sinovdan oʻtkazildi. Uning doirasida 440 nafar volontyorlar tomonidan aholiga jami 2000 soatdan ortiq yordam koʻrsatildi, bu esa ijtimoiy volontyorlikni rivojlantirishning dolzarbligi va samaradorligini tasdiqladi.

Oʻquv jarayonlari 250 nafar volontyorni qamrab olib, amaliy yordam koʻrsatish, aholi bilan ishlash va yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

“Ishonchim komil, aynan shunday insonlar orqali jamiyatda yangi gʻamxoʻrlik madaniyati shakllanmoqda. Shu bois biz volontyorlar hamjamiyatini ijtimoiy himoya tizimining muhim qismi sifatida rivojlantirmoqdamiz”, — deya taʼkidladi Shahnoza Mirziyoyeva Agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva.

“Inson” volontyorlari islohotlar va aholi hayoti oʻrtasida bogʻlovchi koʻprikka aylanmoqda. Bu ijtimoiy himoya tizimini har bir inson uchun yanada yaqinroq qilish yoʻlidagi yana bir muhim qadamdir.