Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur koʻrsatkich oʻtgan oʻquv yili boshiga nisbatan 7 taga kamaygan. Shu bilan birga, mamlakatdagi nodavlat oliy taʼlim muassasalari soni 97 taga yetgan.
Hududlar kesimida eng koʻp oliy taʼlim tashkilotlari Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, ularning soni 98 tani tashkil etadi. Keyingi oʻrinlarda Toshkent viloyati (19 ta) va Samarqand viloyati (14 ta) qayd etilgan.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Buxoro viloyatida 11 tadan, Andijon, Qashqadaryo hamda Fargʻona viloyatlarida 9 tadan oliy taʼlim muassasasi faoliyat koʻrsatmoqda.
Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida 8 tadan, Namanganda 6 ta, Jizzax va Navoiy viloyatlarida 5 tadan oliy taʼlim tashkiloti mavjud. Eng kam koʻrsatkich Sirdaryo viloyati hissasiga toʻgʻri kelib, hududda 3 ta oliy taʼlim muassasasi faoliyat yuritmoqda.
Statistika mamlakatda oliy taʼlim tizimida xususiy sektor ulushi ortib borayotganini ham koʻrsatmoqda. Nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari jami muassasalarning qariyb yarmini tashkil etmoqda.