Yangi roʻyxatga quyidagilar kiritilgan:
- Facebookdagi 270 ta sahifa
- Telegramdagi 855 ta kanal va guruh
- Instagramdagi 386 ta profil
- YouTubedagi 190 ta kanal
- Odnoklassnikidagi 39 ta sahifa
- TikTokdagi 62 ta akkaunt
- Threadsdagi 1 ta profil
- 34 ta veb-sayt va boshqa manbalar
Maʼlum qilinishicha, 2026 yil boshidan buyon roʻyxat 240 dan ortiq yangi resurs bilan toʻldirilgan. Ularning qariyb yarmini Telegram va Instagram’dagi yangi kanal va guruhlar tashkil etadi. Shuningdek, ilk bor Threads ijtimoiy tarmogʻidagi manba ham taqiqlangan resurslar qatoriga kiritilgan.
Oliy sud tarqatgan bayonotda taʼkidlanishicha, mazkur roʻyxatga kiritilgan sahifa va resurslardagi materiallarni tarqatish amaldagi qonunchilikka zid hisoblanadi hamda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.