Tadbirda “Uzbekneftgaz” rahbariyati, sohaning mas’ullari, hamda ommaviy axborot vositasi vakillari va blogerlar ishtirok etdi.
Anjuman
sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini ochib berish,
erishilgan natijalarni jamoatchilikka yetkazish hamda ochiqlik va shaffoflikni
ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Matbuot
anjumanida ta’kidlanganidek, “Dolzarb 100 kunlik” dasturi qisqa vaqt ichida
o‘zining amaliy samarasini bera boshlagan. Xususan, geologiya-qidiruv, burg‘ilash,
qazib chiqarish, qayta ishlash, investitsiya siyosati va ijtimoiy yo‘nalishlarda tizimli
o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Dastur doirasida, eng avvalo, moliyaviy barqarorlikni
ta’minlash, xarajatlarni maqbullashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini
o‘shirishga alohida e’tibor qaratildi. Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra,
sarf-xarajatlarni tizimli qisqartirish va optimallashtirish natijasida joriy
yilning dastlabki choragidayoq 2,5 trillion so‘mlik iqtisodiy samara qayd etildi.
Shuningdek, tovar-moddiy resurslar va xizmatlar narxlarini pasaytirish, debitor
qarzdorliklarni undirish hamda ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
muzokaralar olib borish hisobiga 1,8 trillion so‘m mablag‘ tejaldi.
Bu
borada “Uzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining moliya, transformatsiya va
xususiylashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Suhrob Hamroev quyidagilarni
ta’kidladi:
—
“Bugungi asosiy maqsadimiz moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, xarajatlarni
asosli ravishda qisqartirish va mavjud mablag‘larni eng muhim ishlab chiqarish
yo‘nalishlariga samarali yo‘naltirishdan iborat. ‘Dolzarb 100 kunlik’ dasturi qisqa
muddatda aniq natijalar berayotgani buning yaqqol isbotidir,” — dedi Suhrob
Hamroev.
Shuningdek,
sohaga oid bo‘lmagan aktivlarni tasarrufdan chiqarish orqali dastlabki uch oyda
ularni saqlash xarajatlari 30 milliard so‘mga qisqartirildi. Qurilish va burg‘ilash
loyihalari qiymatini optimallashtirish hisobidan esa yil boshidan buyon 438
milliard so‘m mablag‘ tejaldi. Geologiya-qidiruv ishlari ham yangi
bosqichgako‘tarilmoqda. 2026 yilda jami 10 ming kvadrat kilometr hajmda 3D
seysmik ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 4
barobar ko‘pdir. Shuningdek, yer qa’ridan samarali foydalanish maqsadida 42 ta
investitsiya bloki bo‘yicha ruxsatnomalar olindi.
Burg‘ilash
sohasida joriy yilda “Uzbekneftgaz” tarixidagi eng katta hajm ko‘zda tutilgan.
Jami 102 ta quduq burg‘ilash rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 57 tasi izlov-qidiruv,
45 tasi esa ishlatish quduqlaridir.
Qazib
chiqarish yo‘nalishida ham muhim natijalar qayd etildi. Joriy yil boshidan shu vaqtgacha
17 ta quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi olindi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida
esa 3 ta yangi kon aniqlandi. Shuningdek, 29 ta quduq ta’mirlandi va 11 ta
tеxnologik tadbir amalga oshirildi.
Qayta
ishlash sohasida ham barqaror o‘sish kuzatilmoqda. Bu borada “Uzbekneftgaz” AJning
qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Abrorjon Xudoyberganov o‘z fikrlarini bildirib
o‘tdi.
—
“Qayta ishlash yo‘nalishida asosiy e’tibor nafaqat hajmni oshirishga, balki mahsulot
sifati, barqarorlik va ichki ehtiyojni to‘liq ta’minlashga qaratilgan. Bugungi
natijalar izchil va tizimli ishlarning amaliy samarasi hisoblanadi,” — deydi
Abrorjon Xudoyberganov.
Ma’lumotlarga
ko‘ra, joriy yilda jamiyat tomonidan 4,789 milliard kub metr tozalangan tabiiy
gaz, 141,3 ming tonna gaz kondensati, 152,9 ming tonna suyultirilgan gaz, 48
ming tonna oltingugurt hamda 36,1 ming tonna polietilen ishlab chiqarildi. Aholi
va ijtimoiy soha obyektlariga 132,2 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib
berildi.
Shuningdek,
“Uzbekistan GTL” zavodida sintetik neft mahsulotlarini ishlab chiqarish barqaror
yo‘lga qo‘yilib, o‘tgan yilga nisbatan mahsulot hajmi 89,1 ming tonnaga oshdi, o‘sish
sur’ati esa 169 foizni tashkil etdi. Investitsiya siyosati doirasida har bir loyiha
uning iqtisodiy samaradorligi va strategik ahamiyatidan kelib chiqib
baholanmoqda.
Xitoyning nufuzli CNPC korporatsiyasi tarkibiga
kiruvchi kompaniyalar bilan hamkorlik, zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni
joriy etish bo‘yicha kelishuvlar shular jumlasidandир.
Tadbir
yakunida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi
vazifalar yuzasidan jurnalistlar va blogerlarni qiziqtirgan savollariga mutasaddilar
tomonidan batafsil javoblar berildi. Umuman olganda, bo‘lib o‘tgan ushbu matbuot
anjumani neft-gaz sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtisodiy
samaradorlik va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini jamoatchilikka yetkazishda muhim
muloqot maydoni bo‘ldi.
Zulxumor
Akbarova