Festival doirasida u fotosuratchilar tomonidan taqdim etilgan “Ibtido” nomli oq-qora ko‘rgazmani ham tomosha qildi. Ushbu ko‘rgazmada yangilanish va hayotning ilk lahzalari badiiy aks ettirilgan.
Xorazmning noyob tabiati va bahor faslining o‘ziga xos jozibasi “Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalari ishtirokchilarini birlashtirdi. Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilon shaharlaridan kelgan dizaynerlar, fotosuratchilar va aktorlar festivalning faol ishtirokchilariga aylandi.
Tadbir davomida yoš dizaynerlar Hamid Olimjon she’riyatiдан ilhomlanib yaratilgan liboslar to‘plamini namoyish etdi. Fotosuratchilar esa “Ibtido” ko‘rgazmasi орқали yangilanish g‘oyasini ifoda etdi, aktorlar milliy raqs va zamonaviy xoreografiya uyg‘unligini namoyon qildi.
Festival ijod, ilhom va yangilanish g‘oyalarini mujassam etgan holda ishtirokchilar va mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.