So'nggi oylarda BMT agentligi dunyoning ayrim nuqtalarida kasallanish holatlari kamayib borayotgan bo'lsada, mamlakatlar hali ham hushyor bo'lishlari va aholining eng zaif qatlamlarini emlashga intilishlari kerakligini aytdi.

«Jamoatchilik dunyoning ba'zi qismlarida pandemiya tugadi, deb hisoblasada, bu dunyo aholisi salomatligiga salbiy va chuqur ta'sir ko'rsatishda davom etayotgan sog'liqni saqlash hodisasi bo'lib qolmoqda», dedi JSST qo'mitasi. Unda qayd etilishicha, haftalik o'lim soni pandemiya boshlanganidan beri eng past ko'rsatkich bo'lsada, boshqa viruslarga nisbatan yuqoriligicha qolmoqda.

JSST Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus jurnalistlarga: «Ushbu pandemiya bizni avval ham hayratda qoldirgan va yana ajablantirishi mumkin», dedi.