Shu munosabat bilan 14-sentyabrdan 6-oktyabrgacha Humo arena sport majmuasiga tashrif buyuruvchi mehmonlar va muxlislarning xavfsizligini taʼminlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan quyida keltirilgan koʻchalarda transport vositalarining harakati qisman cheklanadi:

  • Furqat - Beshyogʻoch koʻchasidan Beshyogʻoch koʻchasi boʻylab, Beshyogʻoch - Afrosiyob koʻchalari kesishgan chorrahasigacha;
  • Beshyogʻoch - Afrosiyob koʻchalari kesishgan chorrahasidan, Afrosiyob koʻchasi boʻylab,
  • I.Karimov - Afrosiyob koʻchalari kesishgan chorrahasiga koʻchasigacha hudud yopiladi.